Qo'lyozmalar va tarixiy manbalar

Qo'lyozmalar va tarixiy manbalar haqidagi ma'lumotlar quyida aks ettirilgan

Ahodis (Hadislar

toshbosma, arab tili (Qozonda chop etilgan. Taxminan XX-asr)

Ushbu kitobda “Tanbeh al- G‘ofiliyn”, “Jomi’us- sag‘ir” kabi kitoblardagi hadisi shariflardan 100 dan ortig‘i kiritilgan. Kitobda to‘rtta qirq hadis berilgan. Kitob ramkalar ichida emas. Kitob arab tilida, to‘liq emas, oldindan bir necha varoqlari saqlab qolinmagan unda qora va sariq dog‘lar, kirlangan joylari ham mavjud. Kitob varoqlarining o‘rta qismlari yirtilgan, ba’zi varoqlari g‘ijimlangan. Muqova asl-o‘ziniki emas, keyinchalik yupqa oq ranli karton bilan muqovalangan. Muqovaning yuzasida jigar, ko‘k, sariq, yashil va qizil ramkalar ichida arab tilida“Ahodis-hadislar” deb yozilgan. O‘lchami: 15,5X21,5sm

“Ahodis” (“HadislarII-qismi”)

Designer

Ushbu kitbdagi hadislar imom Buxoriy, Imom Muslimlarning “Sahih hadis” lari kitobidan va Imom Molikning “Al-Muvatto” nomli kitobidan saralab olingan hadislar to‘plamidir. Bu kitobda insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va yomon yo‘llardan qaytarish chaqiriqlari mujassam. Matnlar ramkaga olinmagan, matn yozilgan qismining ostki qismida snoskada hadislarning murakkab ma’nolarining izohi berilgan. Kitob arab tilida, Qozonda 1911yilda chop etilgan. O‘lchami: 14,5Х22sm

Bayt (munojot)

qo‘lyozma, fors tili.

Ushbu qit’ada”Muhimna samadan bandayi siyoh ruyam, sahifayi amalim ma’siyati xatiyla qaro” jumlalari ko‘chirilgan. Matnlar forsiy-arabiy tilda bo‘lib, ikki qatorda, nasta’liq xatida, katta jaliy (yo‘g‘on) qalamda bulutsimon ramkalar ichida ko‘chirilgan. Mazkur bulutsimon ramkalar atrofi qizil, qora va ko‘k ranglar uyg‘unligidagi fond bilan bezatilgan. Mazkur ikki misrada banda o‘zini qora yuzligi, gunohkorligini e’tirof etgan, o‘zini ojizligini tan olgan holati ifodalangan. O‘lchami: 21X32sm.

Duolar majmuasi

toshbosma, arab, fors tili.

Ushbu qit’aning o‘ng tomonida qora, jigar rangda “Duoi qirancha”duosi, uning ostki qismida mazkur duoning fazilatlari haqida, uning ostki qismida qora doira shaklidagi jadval ichida “Parvardigor rizqimizni keng qilib ber” duosi, uning chap tomonidagi doira shaklidagi jadvalda Alloh Taoloning “Ey Muhammad (s.a.v) agar sen bo‘lmaganingda dunyoni ham yaratmagan bo‘lar edim” deyilgan hadisi qudsiysi, ularning pastki qismidagi jigar rangli doira shakllarda “Muhyiddin Abdulqodir Giloniy(Jiloniy) qaddasallohul oliy” yozuvi, uning ostki qismida to‘rtburchak shakldagi jadvalda Allohning 18 ta sifati yozilib, qolgan pastki jadvallari raqamlar bilan to‘ldirilgan.

“ Jung mahzarat va vasaiq”

muallifi va ko‘chiruvchisi noma’lum (Taxminan Buxoro XIX asr)

Ushbu kitob islom huquqshunosligiga oid kitobat-yozishmalar, hujjatshunoslik (diplomatiya). ya’ni turli mavzularda yozilgan hujjatlar to‘plami “Jung mahzarot va vasoiq” ya’ni dalolatnomalar, bayonnoma, qaydnoma va vasiqalar nomli hujjatlar to‘plami asaridir. Bu kitobda 1303/1885- yildan 1334/1915-1916 yillargacha bo‘lgan turli mavzulardagi masalan da’voyi meros-o‘z merosini da’vo qilib yozilgan da’vo xati, da’voyi moli omonat- kishilarning omonatga bergan narsaga xiyonat qilgan shaxsga nisbatan da’vo xatlari, da’voyi haqorat-uni haqorat qilgan, qadrini toptagan shaxsga nisbatan o‘z huquqini talab qilib yozgan da’vo xati va mahzari iltimos-ya’ni biror bir hojatini amalga oshirish uchun yuqori tabaqalardan yordam so‘rab yozilgan iltimosnoma xatlari, undan tashqari oldi-sotdi vasiqalari, ijara hujjatlari va boshqa ko‘plab mavzularni qamrab olgan hujjatlar mavjud.